Joriy yilning 26-iyun kuni soat 18:00da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Jurnalist” badiiy filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Film voqealari markazida yosh jurnalist Ra’no obrazi turadi. U o‘z kasbiy mahoratini namoyon etish maqsadida muhim surishtiruv ishiga qo‘l uradi va dastlab oddiy ko‘ringan voqea ortida yirik jinoiy tizim yashiringanini anglaydi. Bosim va tahdidlarga qaramay, Ra’no haqiqatni yuzaga chiqarish, adolatni qaror toptirish hamda inson taqdiriga daxldor masalalar uchun kurashish yo‘lini tanlaydi.
Film Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.
Film ijodkorlari:
Sahnalashtiruvchi rejissorlar — Sardor Maxmudov, Otabek Yo‘ldoshev
Sahnalashtiruvchi operator — Davlat O‘razaliyev
Sahnalashtiruvchi rassom — Yahyobek Bulturov
Grim rassomi — Marg‘uba Xaltayeva
Liboslar bo‘yicha rassom — Sharofat Xasanxo‘jayeva
Film direktori — Husniddin Boymatov
Studiya rahbari — Alisher Abdunazarov
Barchangizni zamonaviy jurnalistikaning mas’uliyati, haqiqat va adolat uchun kurash mavzularini yorituvchi “Jurnalist” badiiy filmining katta premyerasiga taklif etamiz.
Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati








