#Ustoz

0
37

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «Fayzulla Xo‘jayev. Tegirmon» filmining ilk maxsus namoyishi

Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «Fayzulla Xo‘jayev. Tegirmon» filmining ilk maxsus namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Badiiy-publitsistik yo‘nalishdagi mazkur kinoasar O‘zbekistonning ilk rahbarlaridan biri Fayzulla Xo‘jayevning hayoti, siyosiy faoliyati va fojiaviy taqdiri haqida hikoya qiladi.

Filmda tarixiy shaxsning hayot yo‘li va faoliyati bilan bir qatorda, XX asrning murakkab siyosiy jarayonlari hamda o‘sha davr voqeliklari badiiy-publitsistik talqinda aks ettirilgan.

Mazkur namoyish ta’lim sohasi vakillariga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromning yana bir ifodasi bo‘ldi.

Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati
Web-site |Telegram|Instagram|Facebook

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!