25-maydan boshlab Milliy kino san’ati saroyida yangi o‘zbek komedik badiiy filmi — “Lag‘mon” namoyishi boshlanadi.

Janr: Komediya
Davomiyligi: 76 daqiqa
Yosh toifasi: 12+

Rejissyor: Abdulloh Vahobov
Ssenariy muallifi: Abdulloh Vahobov, Bekzod Yangiboyev
Prodyuser: Ulug‘bek Shodibekov

Bosh rollarda:
G‘ulom Nasriddinov | Abdurahim Abdukarimov | Ulug‘bek Shodibekov | Sitora Alimjonova | Umid Shodmonov

Ishlab chiqaruvchi: MITTIMEDIA, ITV

Qisqacha mazmun:
Film ijtimoiy tarmoqlar orqali yolg‘on yo‘l bilan odamlarning ishonchi va mehribonligidan foydalanib, mablag‘ yig‘ishga urinayotgan ota va o‘g‘il haqida hikoya qiladi.

Yolg‘on asosidagi bu hayot oxir-oqibat fosh bo‘ladi.

Film kulgu orqali jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy masalalarni yoritadi.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!