«DARS» — QALBGA YETIB BORADIGAN HAYOT SABOG‘I
Bugun, O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida zamonaviy o‘zbek kinosining samimiy va hayotiy ruhdagi yangi asari — «Dars» badiiy filmining tantanali premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Filmda inson hayotida muhim o‘rin tutadigan oddiy, ammo bebaho qadriyatlar — ustozga hurmat, kitobga mehr, ta’lim va tarbiya, oilaviy qadriyatlar hamda mehr-oqibat ta’sirchan badiiy talqin etilgan.
«Dars» — shunchaki film emas. U tomoshabinni hayotimizdagi eng muhim saboqlar haqida mushohada yuritishga chorlaydi. Zero, ayrim saboqlar sinfxonada emas, hayotning o‘zida o‘rganiladi.
Ayniqsa, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida namoyish etilayotgan mazkur film ustozlik, ta’lim va tarbiyaning inson kamolotidagi beqiyos o‘rnini yoritib beradi.
«Dars» — oila davrasida tomosha qilish, farzandlar bilan birga ezgu qadriyatlar haqida suhbatlashish uchun munosib film.
Bugundan boshlab «Dars» filmi O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida tomoshabinlar e’tiboriga havola etilmoqda.
Film Kontent markazi va MA’NO CINEMA tomonidan suratga olingan.




Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati
Web-site |Telegram|Instagram|Facebook








