❤️ Sevgi yoshga qaramaydi

69 yoshli Taalay bir umr qalbida ilk muhabbat qiyofasini saqlab, yangi tuyg‘ularni rad etib yashaydi. Ammo taqdir unga yana bir imkoniyat beradi. Do‘stining ko‘magi va sirli muhabbatning hayotiga kirib kelishi bilan uning taqdiri butunlay o‘zgaradi.

Samimiy voqealar, kulgili vaziyatlar va hayotiy xulosalarga boy ushbu komediya tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashadi.

Janr: komediya
Rejissyor: Nursulton Zarylov
Mamlakat: Qirg‘iziston
Til: o‘zbekcha
Davomiyligi: 1 soat 25 daqiqa

Sevimli insonlaringiz bilan tomosha qilishga shoshiling!

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!