Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, taniqli blogerlar, aktyor va aktrisalar, kino sohasi vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

Film syujeti yosh jurnalist Ra’no obrazi orqali haqiqat, adolat va kasbiy fidoyilik g‘oyalarini yoritadi. Oddiy ko‘ringan voqea ortida yashiringan jinoiy tizimni fosh etishga kirishgan bosh qahramon bosim va tahdidlarga qaramay, shov-shuv uchun emas, balki haqiqat va inson taqdiri yo‘lida kurashishni tanlaydi.

“Jurnalist” filmi jurnalistika kasbining yuksak mas’uliyati, so‘z erkinligi va jamiyat oldidagi burchini badiiy talqinda aks ettiruvchi mazmunli ekran asarlaridan biridir.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!