Mazkur kartina sport, iroda, halollik va insoniy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi muhim ma’naviy-ma’rifiy loyiha sifatida keng jamoatchilik e’tiboriga havola etiladi.

Film voqealari Qashqadaryo vohasida kechib, unda insonning orzu va maqsad sari qat’iyat bilan intilishi, hayot sinovlarini mardona yengib o‘tishi hamda haqiqiy g‘alabaga faqat mehnat, sabr va halol yo‘l orqali erishish mumkinligi badiiy talqinda aks ettirilgan.

Film O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, “Your Films Entertainment”, “UFA”, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda “Kontent markazi” hamkorligida ishlab chiqarilgan.

Film rejissyori va ssenariy muallifi — Habibulloh Haydar.

Barcha kino ixlosmandlarini mazkur premyera namoyishiga taklif etamiz.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!