Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida «Qoraqalpoqfilm» DUK tomonidan suratga olingan “Qoravoy” nomli komedik badiiy filmning tantanali premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, kino ijodkorlari, kino ixlosmandlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Premyera davomida mehmonlar milliy kinomizning navbatdagi betakror durdonalaridan biri bo‘lgan “Qoravoy” filmini birinchilar qatorida tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, tadbir mehmonlari O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

Film iliq kutib olinib, yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!