Joriy yilning 25–26-may kunlari O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston oʻrtasidagi madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida “Moʻgʻul kinosi kunlari” boʻlib oʻtadi.
Mazkur kino forum Moʻgʻuliston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasi hamda
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Kino namoyishlari:
25-may | Dushanba
▪️ “Independence” (“Mustaqillik”) — 14:30–17:00
▪️ “The Woman” (“Ayol”) — 17:00–18:50
26-may | Seshanba
▪️ “366 Days” (“366 kun”)
14:00–15:36
▪️ “Shuvuulahui (Falconry)” (“Lochin ovlash”)
15:40–16:40
Mazkur madaniy loyiha ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik, kino san’ati va ijodiy almashinuvni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Barcha kino ixlosmandlarini ushbu nufuzli madaniy tadbirga taklif etamiz.
Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati








