Mazkur film O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “SHB” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.
Kartina iste’dodli rejissyor Jahongir Qosimov tomonidan ekranlashtirilgan bo‘lib, unda inson taqdiri, fidoyilik, murakkab tanlovlar hamda osmon bilan bog‘liq orzular badiiy talqinda yorqin aks ettirilgan.
Premyerada taniqli kino arboblari, keng jamoatchilik vakillari, kino ixlosmandlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, film ijodkorlariga samimiy tilak va e’tiroflar bildirishdi.
Shuningdek, taqdimotga tashrif buyurgan mehmonlar Oʻzbekiston Kino san’ati muzeyi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, milliy kino tarixiga oid noyob eksponatlar va ijodiy meros namunalarini katta qiziqish bilan tomosha qildilar.
Kartinada Karim Mirhodiyev, Abbos Ibrohimov, Matyoqub Matchonov, Toxir Saidov, Otabek Musayev hamda boshqa taniqli aktyorlar mahorat bilan rol ijro etgan.
“Osmon qiroli” milliy kinematografiyamizning navbatdagi yirik va mazmunli loyihalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda
Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati













