Ertaga soat 17:00da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida yaratilgan Paxta badiiy filmi tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.
Film rejissyor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan bo‘lib, bosh rolni Xurshida Arabshoyeva ijro etgan.
Drama janridagi kartina hayot sinovlari va murakkab taqdirni boshdan kechirgan ayol hikoyasini aks ettiradi.
“Paxta” — mazmunan chuqur va ta’sirchan loyiha sifatida kino ixlosmandlari e’tiborini tortishi kutilmoqda.
Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati








