Kecha O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Amir Temur” filmining tantanali taqdimoti yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Tarix sahifalarini jonlantirgan ushbu kartina buyuk sarkardaning hayot yo‘li, sinovlari va ulkan maqsad sari intilishini ta’sirchan ifoda etdi.
Tadbirda soha vakillari, kino ixlosmandlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Premyeraga tashrif buyurgan mehmonlar, shuningdek, O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishib, milliy kinematografiya tarixiga oid boy meros va noyob ekspozitsiyalarni katta qiziqish bilan kuzatdilar.
Film bugundan boshlab o‘zbek tilida Milliy kino san’ati saroyida namoyish etilmoqda.
Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati
















