Tadbir davomida hind kinosining dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan kartinalaridan biri — “Dangal” filmining namoyishi tashkil etildi. Film namoyishi kino ixlosmandlari tomonidan katta olqishlar bilan kutib olindi.

Ushbu madaniy loyiha Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Hindistonlik mashhur rejissyor Umesh Mehra, Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Smita Pant xonim, Hindistondan tashrif buyurgan mehmonlar, kino ixlosmandlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

So‘zga chiqqanlar kino san’ati xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.

“Hind kinosi kunlari” doirasidagi namoyishlar kino ixlosmandlariga unutilmas lahzalarni taqdim etmoqda.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!