Joriy yilning 18-mart kuni soat 15:00da O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Art films makers” MCHJ studiosi tomonidan suratga olingan “Farz” nomli yangi badiiy filmning katta premyerasi bo’lib o’tadi.
Film syujeti nohaq ayblangan inson qismati haqida hikoya qiladi.
Ssenariy mualliflari Ochilbek Hamidov, Sarvar Karimov. Film postanovkachi rejissyori Sarvar Karimov, operator Izzatilla Lutfillayev, postanovkachi rassom Kazaxbay Xojamuratov, bastakor Doniyor Agzamov bo’lib, bosh rollarni Matyoqub Matchanov, Tohir Saidov, Sayyora Yunusovalar mahorat bilan ijro etishgan.
Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida kutamiz!!!
Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati









Bilet kassadan olinadimi
Qachondan olish mumkin
Assalomu alaykum. Bilet kassadan ham online tartibda ham olishingiz mumkin