Joriy yilning 13–15-mart kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida hind kinosining eng sara namunalarini katta ekranda tomosha qilish imkoniyati yaratiladi.
Ushbu tadbir Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.
Manzil: O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi (Panorama)
Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 15
Dastur:
13-mart (juma) — Ochilish kuni
14:00 – Tadbirning rasmiy ochilish marosimi
14:30 – Dangal (sport dramasi) filmi namoyishi
14-mart (shanba)
11:00 – “Hayot qadri” (drama)
15:00 – “Buyuk Tanvi” (drama)
15-mart (yakshanba)
11:00 – Kathal: A Jackfruit Mystery (satirik komediya)
15:00 – Tanu Weds Manu (romantik komediya)
Hind kinosining turli janrdagi filmlarini katta ekranda tomosha qilishni istagan barcha kino ixlosmandlarini ushbu tadbirga taklif etamiz!
Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati








