O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Gruziya kinosi kunlari” ko’tarinki ruhda boshlandi

0
152

Kecha O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Gruziya kinosi kunlari” tadbirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur madaniy loyiha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Gruziya Madaniyat vazirligi huzuridagi Milliy kino markazi hamda Gruziyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Gruziyadan tashrif buyurgan mehmonlar, kino ixlosmandlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida rasmiy ochilish marosimi o‘tkazilib, unda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, kinematografiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda milliy kino san’atini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Kinematografiya agentligi rahbariyati, Gruziya Milliy kino markazi hamda Gruziya elchixonasi vakillari ishtirokida uchrashuv, norasmiy muloqot va esdalik uchun suratga tushish jarayoni tashkil etildi.

Kino kunlarining ilk namoyishi sifatida tomoshabinlarga Gruziya kinematografiyasining mashhur komedik filmi “Chudaqlar” (“Sherekilebi”) taqdim etildi va film tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

“Gruziya kinosi kunlari” doirasida kelgusi kunlarda ham Gruziya kinematografiyasining mashhur va qiziqarli filmlari namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!