???? Joriy yilning 10–11 mart kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Gruziya kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Gruziya Madaniyat vazirligi huzuridagi Milliy kino markazi hamda Gruziyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Kino kunlari doirasida tomoshabinlarga Gruziya kinematografiyasining mashhur va qiziqarli filmlari namoyish etiladi.

? 10 mart — Ochilish marosimi

? 14:00–14:10 — Tadbirning ochilish marosimi va rasmiy chiqishlar
? 14:15–14:25 — O‘zbekiston Kinematografiya agentligi rahbariyati, Gruziya Milliy kino markazi hamda Gruziya elchixonasi vakillari ishtirokida uchrashuv, norasmiy muloqot va suratga tushish jarayoni

14:30–16:00 — Gruziya kinematografiyasining mashhur komedik filmi “Chudaqlar” (“Sherekilebi”) namoyishi

? 11 mart — Filmlar namoyishi

14:30–14:55 — “To‘y” kinokomediya filmi (21 daqiqa)
15:00–15:20 — “Soyabon” filmi (18 daqiqa)
15:25–15:40 — “Musiqachilar” kinokomediya filmi (13 daqiqa)

Barcha kino ixlosmandlarini “Gruziya kinosi kunlari” doirasidagi film namoyishlariga taklif etamiz!

Kirish bepul!

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!