6-martdan e’tiboran ushbu komediya janridagi filmni tomosha qilishingiz mumkin.

Film uchta turli voqea asosida qurilgan bo‘lib, har bir hikoya o‘ziga xos kulgili va kutilmagan vaziyatlar orqali rivojlanadi. Syujet davomida qahramonlar turli sinovlar va hayotiy holatlarga duch keladi. Voqealar ketma-ketligi tomoshabinni qiziqarli burilishlar orqali film yakuniga yetaklaydi.

Filmda sudxo‘rlik bilan shug‘ullanuvchi yigitning tush orqali o‘z hayotiga boshqacha nazar tashlashi, shuningdek, turli vaziyatlarga tushib qolgan qahramonlarning kulgili sarguzashtlari orqali hayotiy xulosalar beriladi.

Kinokartinada rollarni Shahzoda Muhammedova, Sevara Soliyeva, Muqaddas Sadullayeva, Zuhra Soliyeva, Dono Boboxonova, Alixan, Ma’mur Sultanov, G‘aybulla Xojiyev, Sitora Alimjanova, Sug‘diyona Azimova, Feruza Normatova kabi aktyor va aktrisalar ijro etgan.

Rejissyor va ssenariy muallifi: Ma’mur Sultanov
Operatorlar: Qahramon Axmedov, Oxun Ogalikov
Bastakor: Mirzohid Bozorov
Rassom: Muhammad Ali Rahimov
Montaj: Qahramon Axmedov
Studio: BAYON media

Film davomiyligi: 90 daqiqa
Yosh toifasi: 12+

Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida kutib qolamiz!

Chiptalar bo‘yicha raqamlar:
+99877 297 88 88
+99877 287 88 88

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!