Ertaga soat 16:00 da O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “ERKAK” badiiy filmining maxsus namoyishi bo’lib o’tadi
Mehr, sadoqat va burch yo‘lida oxirigacha tura olgan inson taqdiri haqida chuqur va ta’sirli melodrama tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.
“ERKAK” — og‘ir dardga chalingan ayolidan voz kechmay, uni hayotining so‘nggi lahzasigacha parvarish qilgan insoniy jasorat va muhabbat qissasi.
Film O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan 60-sonli topshiriqning 22-bandi ijrosi doirasida yaratilgan.
Sizni chin muhabbat, sadoqat va insoniylik haqidagi ushbu ta’sirli film namoyishiga taklif etamiz!
Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati








