Joriy yilning 25-fevral kuni soat 15:30da O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida Oʻzbekfilm kinokonserni DUKda rejissyor Abu Tolib Adamkulov tomonidan suratga olingan “O‘g‘il” badiiy filmining maxsus premyerasi bo’lib o’tadi.
Mazkur kinokartina insonni muhabbat, burch va adolat o‘rtasidagi murakkab hayotiy yo‘lda to‘g‘ri qaror qabul qilishga undaydi. Film tomoshabinni nafaqat chuqur o‘yga toldiradi, balki o‘z hayotiga yangicha nigoh bilan qarashga chorlaydi.
Ijodiy jamoa:
— Ssenariy muallifi: Zulfiya Qurolboy qizi
— Postanovkachi rejissyor: Abu Tolib Adamkulov
— Postanovkachi rassom: Husain Eshniyozov
— Postanovkachi operator: Dilmurod Turdibayev
— Kartina direktori: Olimjon Jalolov
Barchangizni “O‘g‘il” badiiy filmi premyerasiga taklif etamiz!
Milliy kinematografiyamizning navbatdagi yorqin asarini birgalikda tomosha qilaylik.
Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati








