O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida tashkil etilgan 25 kunlik bepul kino namoyishlari doirasida bugun ham tomoshabinlar e’tiboriga milliy va zamonaviy kino san’atining e’tiborga molik asarlari havola etildi. Ushbu namoyishlar keng jamoatchilik orasida kino san’atiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kino dasturidan o‘rin olgan filmlar:
— “Abu Rayhon Beruniy” — animatsion film
— “Va’da” — qisqa metrajli film
— “Akademik Sodiq Azimov: Quyoshga intilgan alloma” — hujjatli film
— “Daydi shamol” — badiiy film

Kino namoyishlarida oliy ta’lim muassasalari talabalari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, kino ixlosmandlari hamda san’atsevar yurtdoshlarimiz faol ishtirok etib, milliy kino san’atimizning boy va bebaho merosidan bahramand bo‘lmoqdalar.

Mazkur bepul kino namoyishlari yoshlar ongida yuksak ma’naviyatni qaror toptirish, san’at orqali umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda milliy kino merosini keng targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.

Shu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida o‘tkazilayotgan bepul kino namoyishlarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!