Mazkur kinokun doirasida tomoshabinlar e’tiboriga “Alisher Navoiy” animatsion filmi, “Alisher Navoiy” hujjatli filmi hamda “Bahodir Yalangto‘sh” badiiy filmi havola etildi.

Namoyishlarda oliy ta’lim muassasalari talabalari, kino ixlosmandlari hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, madaniyat va san’at fidokori, taniqli kinoshunos Murod Xazratqulov so‘zga chiqib, mazkur bepul kinonamoyishlarning yoshlar ma’naviyati va kino madaniyatini yuksaltirishdagi ahamiyati, shuningdek, buyuk mutafakkir va alloma Alisher Navoiyning beqiyos ilmiy-ma’naviy merosi haqida atroflicha fikr bildirdi.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga samimiy minnatdorlik bildiramiz. Ular bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!