Film nomi: «Hech kim bilmasin»
Davlati: O’zbekiston
Davomiyligi: 75 daqiqa
Yaratilgan yili: 2025
Janri: Oilaviy komediya
Film haqida qisqacha ma’lumot: Film voqealari yurtimizning so‘lim qishloqlaridan birida kechadigan kulgili va mazmunli komediya. Asosiy qahramon — mahalla raisi. U rafiqasining sog‘ligi bilan bog‘liq muammo sabab o‘g‘li Oybek bilan kelishgan holda qaynonani qishloq vrachlik punktiga olib boradi. Oddiy tibbiy ko‘rikdek tuyulgan ushbu safar kutilmagan sirlarning ochilishiga sabab bo‘ladi.
Rais va uning rafiqasi muhim yangilikni hammadan yashirishga qaror qilsa, Oybek va uning turmush o‘rtog‘i ham o‘z sirlarini berkitishga urinadi. Ammo kichik qishloqda sir saqlash qanchalik mumkin? Film kulgili voqealar bilan birga, qishloq hayotidagi dolzarb ijtimoiy masalalarni ham yoritadi. Shaharlik tadbirkorning bolalar futbol stadioni o‘rniga ko‘p qavatli uy qurish taklifi atrofida kechgan ziddiyatlar tomoshabinni befarq qoldirmaydi.
Kinokartinada rollarni Otabek Mirzaxolov, Umida Mirhamidova, Oybek Teshaboyev, Mavluda Hikmatova, Dilshod Mirzamurodov, Feruza Mustayeva, Javohir Zokirov, G‘ayrat Boynazarov kabi mahoratli aktyor va aktrisalar ijro etgan.
Ssenariy mualliflari Farrux Egamberdiyev, Otabek Mirzaxolov, Oybek Teshaboyev, rejissyor Otabek Mirzaxolov, operator Nusrat Husanov, kompozitor Jamshid G‘afforov, bosh prodyuser Qobuljon Ahmedov, postanovkachi operator Izzat Lutfullayev, badiiy rahbar Olimjon Xudoynazarov








