Yangi yil ruhi, mehr, umid va oʻzgarish gʻoyalarini oʻzida mujassam etgan ushbu film tomoshabinlar tomonidan juda katta qiziqish va iliq taassurotlar bilan qarshi olindi.

Premyera marosimida:
— taniqli yozuvchilar,
— davlat va jamoat arboblari,
— madaniyat va kino sohasi vakillari ishtirok etib, filmga milliy kinematografiyadagi muhim ijodiy qadam sifatida yuksak baho berishdi.

Filmda soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan:
— mahalla tizimini mustahkamlash,
— ijtimoiy himoya,
— yoshlar va aholi bandligi,
— inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan islohotlar hayotiy voqealar va oddiy insonlar taqdiri orqali badiiy ifoda etilgan.

Shu bilan birga, yil davomida jamiyatda keng muhokama qilingan voqealar, trendga chiqqan hazillar, ijtimoiy kayfiyat va hayotiy holatlar yumor va nozik kino tili orqali jonlantirilgan.

Qiziqarli voqealar, samimiy kulgu, chuqur maʼno va ozgina sirli intriga bilan boyitilgan “FAQAT 12 DAN KEYIN…” filmi tomoshabin qalbidan joy oldi.

Milliy kino — milliy tafakkur oynasi.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!