«MATONATLI MARIYAM»

0
204

Film nomi: «Matonatli Maryam»

Davlati: O’zbekiston

Davomiyligi: 60 daqiqa

Yaratilgan yili: 2025

Janri:

Film haqida qisqacha ma’lumot: Ushbu film XX asrning 20-yillarida Germaniyada ta’lim olgan o‘zbek talabalaridan biri – Maryamxon Sultonmurodovaning taqdiriga bag‘ishlangan. Maryamxonning ta’lim olishdagi qiyinchiliklari, Sobiq Ittifoq davridagi qatag‘onlarga qaramay, ilm va taraqqiyot yo‘lidagi jasorati, ikki marta qamalishdan so‘ng ham taraqqiyparvarlik yo‘lida faoliyatini davom ettirishi yoritiladi. U o‘zbek ayollarining matonati timsoli sifatida tasvirlanib, har bir davr qizlariga ilhom manbai sifatida namoyish qilinadi.

Film tomoshabinlarga Maryam Sultonmurodovani ilm va maʼrifatga sadoqatli, matonatli jurnalist, eʼtiborli hamshira va bardoshli ayol sifatida tanishtirishga qaratilgan.

Senariy mualliflari: Ro‘ziboy Qulmatov va Shoyim Butayev, rejissyor: Umrbek Ro‘zimov, badiiy rahbar: Mansur Abduxoliqov hamda kartina direktori: Azizbek Qurbonov.

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!