Bugun soat 18:00da O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “JASORAT” badiiy filmining katta premyerasi bo’lib o’tadi

Jasorat — bu faqat kuch emas. Bu qo‘rquvga qarshi turish, og‘ir tanlovlar va mas’uliyat.
Film Milliy gvardiya kursanti Komila taqdiri orqali ruhiy matonat, intizom va Vatanga sadoqat haqida hikoya qiluvchi harbiy drama

Ushbu film “Har bir serial — bir missiya” tanlovi g’olibi bo‘lgan loyiha asosida suratga olingan.

“JASORAT” — ruhiy kuch, mas’uliyat va fidoyilik timsoli.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!