Vatanga sadoqat, jasorat va iroda mavzularini yorituvchi yangi filmlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

1. “JASORAT” badiiy filmi
(“Vatan fidoyilari” seriali asosida)
Janr: Harbiy drama

“Jasorat” — bu faqat jismoniy kuch emas, balki qo‘rquv, og‘riq va og‘ir tanlovlar orqali namoyon bo‘ladigan ruhiy qudrat haqidagi film. Asar markazida — Milliy gvardiya kursanti Komila. U jamoat xavfsizligi yo‘lida qat’iyatli va jasur, biroq uning hayotida xavfli sir mavjud. Bu sir oshkor bo‘lsa, u ham o‘qishidan, ham hayotidagi eng muhim sport sinovidan — triatlon saralashidan mahrum bo‘ladi. Qattiq intizom, raqobat va bosim ostida Komila eng og‘ir jangni — o‘z tanasi va qo‘rquvi bilan kurashni boshdan kechiradi.

Film O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF–6202-sonli Farmoni asosida joriy etilgan “Har bir serial — bir missiya” tanlovi g‘olibi bo‘lgan serial asosida suratga olingan.
Ishlab chiqaruvchi studiya: “BABR FILMS” Hamkorlar: “Dasturxon media” MChJ, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti

Ssenariy mualliflari: — Jamshid Narziqulov — Bobur Sher o‘g‘li
Rejissyor: Jamshid Narziqulov Operator: Sarvar Sodiqov
Musiqa muallifi: Shohruh Jamolov Rassom: Samandar Norqo‘ziyev Prodyuser: Bobur Sher o‘g‘li

Premyera: 12-yanvar
Soat: 18:00
Manzil: Milliy kino san’ati saroyi

2. “ERKAK” badiiy filmi
Janr: Melodrama
Yosh toifasi: 16+

Film og‘ir dardga chalingan ayolidan voz kechmay, uni hayotining so‘nggi lahzasigacha mehr va sadoqat bilan parvarish qilgan haqiqiy erkak taqdiri haqida hikoya qiladi. Asar orqali insoniylik, burch va muhabbatning yuksak qadriyat sifatidagi mohiyati ochib beriladi.

Film O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan 60-sonli topshiriqning 22-bandi ijrosi doirasida yaratilgan.

Ssenariy muallifi: Suxrob Qodirov Ishlab chiqaruvchi: “Olov-nur-media” MChJ

Premyera: 13-yanvar
Soat: 18:00
Manzil: Milliy kino san’ati saroyi

3. “YENGILMAS. TOKIOGA YO‘L” badiiy filmi (yopiq premyera)
Janr: Sport, drama
Yosh toifasi: 16+
Eslatma: Ushbu vatanga sadoqat, jasorat va iroda mavzularini yorituvchi yangi badiiy filmning yopiq premyerasi kino ijodkorlar, soha mutasaddilari hamda OAV vakillari ishtirokida namoyish etilishi ko‘zda tutilmoqda. Tez orada ushbu badiiy filmning katta premyerasi ham keng jamoatchilikka taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Film jahon arenalarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan mashhur bokschi Bahodir Jalolovning sportdagi zafarli yo‘li, mehnat, matonat va g‘alabaga eltgan mashaqqatli safarini aks ettiradi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-maydagi yig‘ilishining 2-son bayoni, 21-bandi asosida amalga oshirilgan.

Ishlab chiqarishda: — Kinematografiya agentligi — “CONGLOMERATE” MChJ — Yaponiya kinoijodkorlari
Ssenariy muallifi: Sulton Abbosov Rejissyor: Akrom Isoqov
Bosh rolda: Dadaxon Obidov

Premyera: 14-yanvar
Soat: 14:00
Manzil: Renessans kino uyi

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan ushbu filmlar — jasorat, sadoqat va g‘alaba ruhini tarannum etadi!

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!