Joriy yilning 27-dekabr kuni soat 19:00da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “O’zbekfilm kinokonserni” DUK tomonidan suratga olingan “Namozshomgul” nomli yangi badiiy filmning katta premyerasi bo‘lib o‘tadi.

“Namozshomgul” — oilaviy komediya janrida ishlangan bo‘lib, film voqealari Guli ismli qiz hayoti atrofida kechadi. Mahallada tasodifan aytilgan oddiy bir gap kutilmagan voqealarga sabab bo‘ladi. Asar kulgili, samimiy va hayotiy holatlar orqali tomoshabinga iliq kayfiyat ulashadi hamda oilaviy qadriyatlar, insoniy munosabatlarni o‘zida mujassam etadi.

Ssenariy muallifi — Shoira G‘iyosova
Postanovkachi rejissyor — Dilbar Yusupova
Postanovkachi operator — Odil Qosimov
Postanovkachi rassom — Akmal Saidov
Rejissyor — Doniyor Valiyev
Kartina direktori — Muzaffar O‘rozqulov
Liboslar bo‘yicha rassom — Elsevar Isxoqova
Grim ustasi — Galina Ivanova

Filmda bosh rollarni Anjelika Yesimbetova va Jamshid Asadov ijro etgan. Shuningdek, Feruza Yusupova, Abduvali Sahiyev, Farhod Abdullayev, Ra’no Yarasheva, Barno Qodirova hamda Roza Piyazova kabi mahoratli aktyor va aktrisalar rollarni yuksak saviyada, maromiga yetkazib ijro etishgan.

Barcha yurtdoshlarimizni premyerada kutib qolamiz!

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!