Kecha O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi buyurtmasiga asosan “Lola Animation” studiyasi tomonidan yaratilgan hamda Markaziy Osiyoda ilk bor 3D formatda ishlab chiqilgan “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” nomli to‘liq metrajli animatsion filmning katta premyerasi bo’lib o’tdi.
Tadbirda kino ijodkorlari, soha mutaxassislari hamda yosh tomoshabinlar ishtirok etib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishdi.
Animatsion film 5 yoshdan katta bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, fantastika va sarguzasht janrlarida, zamonaviy xalqaro animatsiya standartlari talablariga muvofiq ishlangan.
Premyera yangi yil arafasida tomoshabinlarga yorqin hissiyot va sehrli kayfiyat taqdim etdi!
Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati












