Joriy yilning 25-dekabr kuni O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi buyurtmasiga asosan “Lola Animation” studiyasi tomonidan yaratilgan hamda Markaziy Osiyoda ilk bor 3D formatda ishlab chiqilgan “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” nomli to‘liq metrajli animatsion filmning katta premyerasi bo’lib o’tadi.

Animatsion film 5 yoshdan katta bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, fantastika va sarguzasht janrlarida, zamonaviy xalqaro animatsiya standartlari talablariga muvofiq ishlangan.

Loyiha yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarni qamrab oladi va keng tomoshabinlar auditoriyasi uchun mos.

Filmning g‘oyaviy yo‘nalishi do‘stlik, jamoaviylik, jasorat, insoflik, mas’uliyat va insonparvarlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan.

Mazkur animatsion film bolalarda ijobiy qahramonlik obrazini shakllantirish, o‘z-o‘ziga ishonch, fidoyilik, ezgulikka intilish, Vatanga muhabbat va jamiyat oldidagi mas’uliyat hislarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Barcha yurtdoshlarimizni premyerada kutib qolamiz!

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!