Milliy kino san’ati saroyida joriy yilning 7-dekabridan e’tiboran “JANOB KAMBAG’AL” nomli yangi badiiy filmning namoyishi boshlandi
Filmda yirik biznesmen, shaharning eng boy va nufuzli odamlaridan biri Shuhrat Ikromovich haqida so’z boradi. Uning zavodlari, restoranlari, avtosalonlari va ko‘plab do‘konlar tarmog‘i bor. Xotini vafot etgan, uning uch nafar erkatoy, lekin betayin farzandlari bor:
Sherzod – ko‘chada «Sher» deb chaqirishadi. Unda genial g‘oyalar juda ko‘p, ammo birortasi amalga oshmagan. Qo‘lidan ish kelmaydi, shu sabab xotini ham tashlab ketgan. Vaqtining ko‘p qismini maishat va do‘stlari bilan o‘tkazadi.
Zulfiya – «Zulya» deb chaqirishadi. Uning hayoti kosmetika, brend liboslar va go‘zallik salonlari bilan bog‘liq. Tabiyati qo‘pol, o‘zidan pastroq kishilarni kamsitishni yoqtiradi. Javohir ismli firibgarga oshiq, lekin aslida Javohir uni emas, pullarini yaxshi ko‘radi.
Begzod – «Begi» deb chaqirishadi. Qizlar orasida mashhur yoqimtoy. Uning qalbi shunchalik ochiqki, otasining pullarini qizlarga sarflashga imon keltirgan. Har kuni yangi muxabbat.
Shuxrat aka farzandlarining tarbiyasizligi va oyoqqa turishni bilmasligidan jiddiy xavotirga tushadi. Hammasi puch ekanini bilgan ota, ishonchli yordamchisi Odil bilan birgalikda katta reja tuzadi. U o‘zini bankrotga uchragan qilib ko‘rsatadi va farzandlariga hamma narsadan mahrum bo‘lganini e’lon qiladi. Hatto uydagi paypoqlarigacha musodara qilingan. Shoshqaloq farzandlar aslida mehnat qanday bo‘lishini tushunishga majbur bo‘ladilar. Ular Shuhrat aka bilan birgalikda otasining bolalikda o‘sgan eski mahallasiga ko‘chib o‘tishadi va haqiqiy hayotning sinovlariga duch kelishadi.
Kinokartinada rollarni Tolib Mo‘minov, Moxlaroy Sobirova, Bobur Pirmatov, Rayim Usmonov, Abbos Ibragimov, Komila Muxiddinova, Sanjar Shodiyev, Muhammadjon Babajonov, Anvar Salimov, Shohjaxon Muxammadiyev, Davlatbek Yuldoshev kabi mahoratli aktyor va aktrisalar ijro etgan.
Ssenariy mualliflari: Elshan Namazli, Davron Umarov, Prodyuser: Davlat Rashidov, Rejissyor: Davron Umarov, Operator: Anvar Adilov
Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida kutamiz!!!
Chiptalar bo’yicha raqam: +99877 297 88 88, +99877 287 88 88








