Bugun soat 18:00da O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Art films makers” MCHJ studiosi tomonidan suratga olingan “Farz” nomli yangi badiiy filmning katta premyerasi bo’lib o’tadi.
Film syujeti nohaq ayblangan inson qismati haqida hikoya qiladi.
Ssenariy mualliflari Ochilbek Hamidov, Sarvar Karimov. Film postanovkachi rejissyori Sarvar Karimov, operator Izzatilla Lutfillayev, postanovkachi rassom Kazaxbay Xojamuratov, bastakor Doniyor Agzamov bo’lib, bosh rollarni Matyoqub Matchanov, Tohir Saidov, Sayyora Yunusovalar mahorat bilan ijro etishgan.
Premyeraga kirish bepul! Joylar soni chegaralangan.
Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida kutamiz!!!








