Joriy yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston xalq artisti Soyib Xo‘jayev tavalludining 115 yilligi va O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi tashkil etildi.

Tadbirda Kinematografiya agentligi Matbuot xizmati rahbari Sayfulla Rajabov, kinoijodkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Sayfulla Rajabov aktyorlarning hayoti va ijodiy faoliyati, milliy kino san’ati taraqqiyotidagi o‘rni haqida iliq fikr-mulohazalar bildirdi.

Shuningdek, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o’quv teatri birinchi toifali drama artisti Bahodir Fozilov tomonidan ustoz san’atkorlar ijodiga yuksak ehtirom bilan taqlid namoyishi ijro etildi.

O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi tomonidan esa sanʼatkorlar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ham tashkil etildi. Tadbir davomida Soyib Xo‘jayev hamda Baxtiyor Ixtiyorov ishtirokidagi “Yor-yor” badiiy filmi namoyish etildi.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!