Joriy yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida o’tkazilayotgan 10-yubiley Yevropa kinofestivali doirasidagi matbuot anjumani, kechki qabul hamda festival ochilishining ilk filmi namoyishi bo’lib o’tadi.

? 17:00 — Matbuot anjuman
? 18:00 — Kechki qabul
? 19:00 — Festivalning ilk filmi — “Flow” (“Oqim”, Latviya) animatsion dramasining namoyishi

“Flow” (“Oqim”) — so‘zsiz animatsion drama bo‘lib, falokatdan keyingi dunyoda turli mavjudotlar vayronalar va sukunat orasida birgalikda yashash va bir-biriga ishonishni o‘rganadi. Filmda birdamlik, yolg‘izlik va insoniy birlik qudrati haqida hikoya qilinadi.

Qo‘shimcha ravishda, “Flow” “Oskar” hamda “Oltin globus” mukofotlarining “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasiga loyiq ko‘rilgan ajoyib asardir.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu 10-Yubiley Yevropa Kinovestivali Matbuot Anjumaniga taklif etamiz

Ushbu muhim kinofestivalda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!