“So’qoqdagi sarguzasht” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

0
2470

Joriy yilning 31-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan, “FAN ENTERTAINMENT CENIMA”MCHJ tomonidan suratga olingan “So’qoqdagi sarguzasht” nomli badiiy filmning katta premyerasi bo’lib o’tdi.

Namoyishda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Shuhrat Rizayev ushbu filmning mazmuni va jamiyatdagi ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.

«So‘qoqdagi sarguzasht» to‘liq metrajli badiiy film bo‘lib, filmda asosan qarz olib, quyonchilik bilan shug’ullangan, o’qish uchun “kontrakt” to’lagan, ukalariga yordam bergan… va butun respublikada mashhur bo’lgan yosh yigitning haqiqiy hikoyasi bayon qilingan. Shuningdek filmda asosan yosh va keksa avlodning o‘zaro munosabatlari, kattalarni qadrlash va tadbirkorlikka yaratilayotgan imkoniyatlar hamda intilgan imkon topadi mavzulari ilgari surilgan.

Filmda taniqli aktyorlarimiz Matyoqub Matchonov, Toxir Saidov, Mamasoli Yusupov, Sobir Otajonov, Munojat Alimbayeva, Dilshod Nazarov, Xurshid To‘xtayev, Dilorom Umarova, Xonzoda Do‘stova, Xuvaydo Jumayeva, Feruza Mustayevalar maromiga yetkazib rol ijro etishgan.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!