Shukur Burhonov tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi

0
175

Kecha O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston xalq artisti, taniqli teatr va kino aktyori Shukur Burhonov tavalludining 115 yilligi munosabati bilan xotira kechasi tashkil etildi.

Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, sanʼatkorning yaqin oila aʼzolari, shogirdlari, kinoijodkorlar, O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Shuhrat Rizayev aktyorning hayoti, katta mahorati va milliy kino taraqqiyotidagi o‘rni haqida iliq fikr-mulohazalar bildirdi. Rejissyor Hamid Qahramonov, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktrisasi Gulchehra Ibragimbekova, shuningdek, san’atkorning oilasi va shogirdlari Shukur Burhonovning yuksak ma’naviy fazilatlari, san’atga bo‘lgan muhabbati va insoniy fazilatlari haqida o‘zlarining samimiy esdalik xotiralari bilan bo’lishdilar.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi tomonidan sanʼatkor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ham tashkil etildi. Tadbir davomida Shukur Burhonov ishtirokidagi filmlardan parchalar ham namoyish qilindi.

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!