Xotira_kechasi_tadbiri

0
179

Shukur Burhonov tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 29-oktyabr kuni soat 16:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston xalq artisti, taniqli teatr va kino aktyori, Shukur Burhonov tavalludining 115 yilligi munosabati bilan xotira kechasi tashkil etiladi.

Tadbirda sanʼatkorning boy ijodiy merosi, milliy kino sanʼati taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, Shukur Burhonov ishtirok etgan filmlardan parchalar namoyish etilishi, ijod ahlining xotiralari tinglanishi, shu bilan birga aktyorning hayoti va ijodiga oid fotoko‘rgazma ham taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu xotira kechasida kutamiz!

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!