“Amaliyotchi qiz” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

0
1825

⚡️ Kecha O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Amaliyotchi qiz” to‘liq metrajli badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

?Namoyishda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. Shuhrat Rizayev ushbu filmning mazmuni va jamiyatdagi ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.

?Film voqealari 23 yoshli huquqshunoslik magistranti Madinaning ko‘zi bilan ko‘rsatiladi. Uning hayotiy qarashlari, birinchi amaliyot kunidagi taassurotlari orqali tomoshabin tizimni ichkaridan kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Film dramatik emas – yengil, hayotiy va ba’zan kulguli, shu bilan birga taassurotli voqealarga boy.
“Amaliyotchi qiz” filmi oddiy hayotiy vaziyatlar orqali adliya tizimi xodimlari faoliyatini yoritish bilan bir qatorda ularning kundalik mehnati xalq huquq va erkinliklarini ta’minlashda qay darajada ahamiyatli ekanini chuqur his ettiradi.

⚡️“Amaliyotchi qiz” jiddiy komediya janrida suratga olingan film bo’lib, ushbu kinokartinada bosh rollarni Shahlo Alijanova, Sardorjon Zokirov, Kamol Bobonazarovlar maromiga yetkazib ijro etishgan

Milliy kino san’ati saroyi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!