“Amputant” nomli hujjatli-badiiy film suratga olinmoqda

0
151

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olinayotgan “Amputant” hujjatli-badiiy filmi tasvirga olish jarayonlari davom etmoqda.

Film O‘zbekiston amputantlar milliy futbol terma jamoasi a’zolarining fojealardan sport yutuqlarigacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lini yoritadi. Asarda inson irodasi, sabr-toqat va qahramonlikning beqiyos kuchi o‘z ifodasini topadi.

Navbatdagi suratga olish lokatsiyasi — Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani. Bu galgi lavha qahramoni — Nuriddin Tursunov. U milliy terma jamoada faoliyat yuritib kelmoqda, shu bilan birga Kattaqo‘rg‘ondagi 54-o‘rta maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va futbol murabbiyi sifatida yoshlarni sportga jalb etmoqda.

Film ijodiy jamoasi:
Postanovkachi rejissyor Mo‘minjon Ismatillo, operator Samijon Sunnatilloyev, ovoz operatori Abduqahhor Karimov, badiiy rahbar Murodjon Odilov, film direktori Gulnora Abduraximova

Manba: “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK matbuot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!