Kinomaktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

0
151

Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Kinematografiya sohasi uchun o‘rta-maxsus mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maktabi — Kinomaktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ–209-son “Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixi haqida filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qaroriga asosan tashkil etildi.

Marosimda Kinematografiya agentligi direktori Sh.Rizaev, agentlik direktor o‘rinbosari A.Xadjaev, “O‘zbekfilm” kinokonserni DUK direktori B.Muxamedov, shuningdek, taniqli san’at ustalari, yosh ijodkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Dastur davomida tantananing eng mas’uliyatli daqiqalarida ramziy lenta kesilib, Kinomaktabning faoliyatiga rasmiy start berildi. Shu bilan birga Agentlik direktori tomonidan muassasaga kino ijodiy jarayonlarining ajralmas ramzi sanalgan — “Kinoxlapushka” topshirildi.

Мehmonlar yangi tashkil etilgan Kinomaktabning ijodiy xonalari va o‘quv auditoriyalari bilan yaqindan tanishdilar. Yangi maskan yosh iste’dodlar uchun kasbiy rivojlanish va kino san’ati sir-asrorlarini o‘rganishda muhim maydonga aylanishi qayd etildi.

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!