DIQQAT, TANLOV!

0
237

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi turli mavzulardagi kinoloyihalar uchun ijodiy tanlov e’lon qiladi!

Tanlovga taqdim etiladigan kinoloyihalar quyidagi mavzu va yo‘nalishlarda qabul qilinadi:

  1.          Jinoyat va huquqbuzarliklarning ayanchli oqibatlarini aks ettiruvchi, aholini tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga chorlavchi ta’sirchan hujjatli film loyihalari;

2.          Bolalarni turli xil zo‘ravonlikdan o‘z-o‘zini himoya qilish va ularda jamiyat bilan muloqatda shubhali shaxslarni ajrata olish ko‘nikmalarini shakllantirish, bolalar psixologiyasining nozik nuqtalarini inobatga olgan holda eng samarali yondoshuv asosida ular auditoriyasi uchun mos bo‘lgan multfilm hamda rolik loyihalari;

3.          Chet elda tahsil olayotgan hamda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizda Vatanga dahldorlik hissini oshirishga qaratilgan “Qaerga qaytamiz?” nomli badiiy, hujjatli va qisqa metrajli film loyihalari;

4.          Yangi O‘zbekiston nufuzini yanada yuksaltirish, zamonaviy kontent yaratish hamda yosh kino ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida kam budjetli badiiy film va qisqa metrajli film loyihalari;

5.          O‘zbekistonning turizm jozibadorligini yanada oshirishga qaratilgan kreativ kontentlarni ko‘paytirish maqsadida, “Toshkentga sayohat” nomli, shuningdek, O‘zbekistoning ziyorat turizmi salohiyatini yoritib berishga qaratilgan “Al Buxoriy izidan” nomli badiiy film loyihalari;

6.          Mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan Buxoro Biyennalesi haqida hujjatli film loyihasi.

  Mazkur yo‘nalishlarda taqdim etilayotgan loyihalarda milliy qadriyatlarimiz, Yangi O‘zbekiston g‘oyasining aks etishi, aholiga, ayniqsa yoshlar qalbida vatanparvarlik, bugungi kunga shukronalik tuyg‘ularini singdirish kabi g‘oyalar o‘z aksini topishi kerak.

  ▪️ Tanlovga taqdim etilgan loyiahalar quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi lozim:

▪️ o‘zbek tilida, adabiy til va imlo qoidalariga rioya qilingan holda A4 formatda, 14 shriftda, 1,5 intervalda yozilgan bo‘lishi kerak.

 Kinoloyihada quyidagi ma’lumotlar aks etishi lozim:

▪️ loyihaning ishchi nomi; formati va umumiy hajmi;

▪️ janri, auditoriyasi;

▪️ taxminiy xarajatlar smetasi;

▪️ taqdimot (ijodiy guruh, aktyorlar, lokatsiyalar va boshqa ma’lumotlar). Filmning asosiy qahramonlari, ularning o‘ziga xos xarakteri, asosiy syujet liniyasi, voqealar, avj nuqtasi va yechimi aks etgan bo‘lishi, filmning asosiy qahramonlari, ularning o‘ziga xos xarakteri, asosiy syujet liniyasi, voqealar, avj nuqtasi va yechimi aks etgan bo‘lishi;

  Tanlov 2025-yilning 10-sentabridan 20-sentabr sanasiga qadar davom etadi. Sinopsislar va kinoloyihalar belgilangan muddatlarda tanlov ishtirokchilarining arizasi, ismi-sharifi va u haqida qisqacha ma’lumotni biriktirgan xolda «Tanlov komissiyasiga” deb qayd etilgan ariza bilan  Kinematografiya agentligiga taqdim etilishi lozim.

Tanlovga taqdim etilgan sinopsislar va kinoloyihalar taqriz qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 71 277-81-49.

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi, 1A-uy. 

Manba: Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!