1-sentabrdan e’tiboran, ushbu filmni tomosha qilishingiz mumkin.
Film virtual munosabatlar va real hayot o‘rtasidagi farq haqida hikoya qiladi. Filmda shaddod bloger qiz Habiba va uning kursdoshi — sadoqatli hamda mehnatsevar yigit Fayoz o‘rtasidagi munosabatlar markazda turadi. Fayoz chin muhabbat yo‘lida har qanday qiyinchilikni yengib o‘tishga tayyor bo‘lsa, Habiba esa sevgiga o‘yin sifatida qaraydi. Ushbu qarama-qarshilik ularning hayotida kutilmagan voqealarga sabab bo‘ladi.
Kinokartinada rollarni Durdona Qurbonova, Bekzod Abdumalikov, Nigora Karimboyeva, Said Muxtorov, Tamara Xazratqulova, Farangiz Abdazova hamda Dilafruz Mameshova kabi aktyor va aktrisalar ijro etgan.
Ssenariy muallifi Sirojiddin Rustamov, postanovkachi rejissyor Akbar Insopov, postanovkachi operator Nortoy Yuldashev
Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida kutamiz!!!
Chiptalar bo’yicha raqam:
+99877 297 88 88
+99877 287 88 88








