Milliy kino sanʼati saroyida 30-avgustdan zamonaviy kinozal o‘z faoliyatini boshlaydi

0
181

O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida taʼmirtalab bo‘lgan zal qayta taʼmirdan chiqarildi va 30-avgustdan boshlab o‘z faoliyatini davom ettiradi. Taʼmirlash jarayonida yangi, qulay o‘rindiqlar o‘rnatildi. Shuningdek, zalga kirish qismidagi yo‘lak mahalliy va xorijiy kinoyulduzlarning rasmlari bilan bezatildi.

Ma’lumot uchun, yangi kinozalda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi hamda xususiy sektor tomonidan ishlab chiqarilgan milliy filmlarning namoyishlari tashkil etiladi.

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!