Mehmonlarni O‘zbekiston Kino san’ati muzeyi direktori o‘rinbosari Qahramon Adilov hamda O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi direktori Sardor Gafurov samimiy kutib olishdi.



✨ Tashrif davomida mehmonlar muzeyning yangi ekspozitsiyalari va tarixiy eksponatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ular uchun maxsus ekskursiya tashkil etilib, O‘zbekiston kino san’atining bosib o‘tgan yo‘li, mashhur filmlar va ularning yaratilish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.



? Dastur doirasida mehmonlar uchun “Mening mahallam” filmi namoyish etildi. Namoyish jarayonida film orqali mustaqillik yillarida mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati yanada teran aks ettirilgani ta’kidlandi.








