Retro film klubi tomonidan “Ali Bobo va qirq qaroqchining sarguzashtlari” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi

0
132

Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Retro film klubi tomonidan o‘z davrida millionlab tomoshabinlar qalbidan joy olgan, O‘zbekiston va Hindiston kinoijodkorlari hamkorligida yaratilgan afsonaviy film — “Ali Bobo va qirq qaroqchining sarguzashtlari” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Namoyishda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinoshunos Murod Hazratqulov, Retro film klubi vakillari, san’at ixlosmandlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar. Klub yetakchilari ijodkor va film haqida tomoshabinlarga qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdilar.

Mashhur “Ming bir kecha” ertaklari asosida suratga olingan ushbu film Sharqona sehr, sarguzashtlarga boy voqealar hamda yuksak aktyorlik mahorati bilan kino tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Unda jahon kino yulduzlari qatorida o‘zbek aktyorlari ham ishtirok etib, filmga milliy ruh bag‘ishlagan.

Tomoshabinlar kino sohasi vakillari bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Retro film klubi — kino afsonalarini biz bilan birga tomosha qiling!

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!