“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq hashari o‘tkazildi

0
140

Bugun O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida keng ko‘lamli umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.

Mazkur hashar davomida atrof-muhitni obodonlashtirish, hududni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Hasharga korxonaning barcha rahbar va xodimlari faol jalb qilinib, jamoaviy birdamlik va mehnatsevarlik namoyish etildi. Hashar doirasida saroy hududi va uning atrofi chiqindilardan tozalandi.

Ushbu tashabbus hududning yanada obod bo‘lishiga xizmat qilib, jamoaviy birdamlik va mehnatsevarlikni namoyon etdi.

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!