Joriy yilning 22-avgust kuni soat 18:30da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Retro film klubi tomonidan “Ali Bobo va qirq qaroqchining sarguzashtlari” filmining namoyishi bo‘lib o‘tadi. Unda milliy kino san’atimizning yorqin yulduzi, O‘zbekiston xalq artisti Rajab Adashev ishtirok etadi.
Tadbir davomida Klub yetakchisi Sardor Isxakov hamda mehmon san’atkor Rajab Adashev mazkur filmning tarixi va suratga olish jarayonidagi qiziqarli faktlar bilan o‘rtoqlashadi.
Mazkur “Ming bir kecha” ertaklari asosida suratga olingan ushbu film Sharqona sehr, sarguzashtlarga boy voqealar hamda yuksak aktyorlik mahorati bilan kino tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Unda jahon kino yulduzlari qatorida o‘zbek aktyorlari ham ishtirok etib, filmga milliy ruh bag‘ishlagan.
Retro film klubi – milliy kino merosimizni birgalikda kashf etamiz!








