22-avgust kuni soat 18:30 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida o‘z davrida millionlab tomoshabinlar qalbidan joy olgan, O‘zbekiston va Hindiston kinoijodkorlari hamkorligida yaratilgan afsonaviy film — “Ali Bobo va qirq qaroqchining sarguzashtlari” tomoshabinlarga taqdim etiladi.
Mashhur “Ming bir kecha” ertaklari asosida suratga olingan ushbu film Sharqona sehr, sarguzashtlarga boy voqealar hamda yuksak aktyorlik mahorati bilan kino tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Unda jahon kino yulduzlari qatorida o‘zbek aktyorlari ham ishtirok etib, filmga milliy ruh bag‘ishlagan.
Film o‘zbek tilida namoyish etiladi
Kirish bepul!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 88 007 35 00
Retro film klubi — afsonaviy filmlarni birgalikda tomosha qilamiz!








