Retro film klubi tomonidan fransuz retro filmlarining namoyishi bo‘lib o‘tadi

0
171

Joriy yilning 20-21 avgust kunlari soat 18:30da Retro film klubi tomonidan O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida rejissyor Klod Zidi suratga olgan fransuz retro filmlarining namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Agar siz o‘zbek va jahon kinosi tarixiga qiziqsangiz, Retro film klubi siz uchun ajoyib imkoniyatdir. Bu yerda siz o‘zbek hamda jahon kino klassikasini tomosha qilishingiz, kinoijodkorlar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishingiz va ko‘rilgan filmlar yuzasidan muhokamalar olib borishingiz mumkin!

Namoyish jadvali bilan tanishing:

20-avgust
18:30 — “Hazil qirollari” filmi rus tilida

21-avgust
18:30 — “Ehtiyotsiz inspektor” badiiy filmi rus tilida

Kirish bepul!

Batafsil ma’lumot uchun: +998 88 007 35 00

Retro film klubi — kino afsonalarini biz bilan tomosha qiling!

Kommentariya qoldiring

Kommentariyangizni yozing!
Ismingizni yozing!