


Bugun O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida “Samidxon Pictures” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Muallim” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.



Namoyishda kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Filmning rejissyori Samixdon Lutfullayev ushbu filmning mazmuni va jamiyatdagi ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritdi.
“Muallim” filmi qishloq maktabi o‘qituvchisi Qodir domlaning shogirdi va farzandi taqdiri o‘rtasida qolgan dramatik sinovlari orqali ustozlarimiz fidoyiligi, sermashaqqat mehnati va ulug‘vor insoniy fazilatlari haqida hikoya qiladi.
Filmda rollarni Baxtiyor Egamberdiyev, Lola Eltoyeva, Feruza Meliboyeva, Samidxon Lutfullayev, Xurshid To‘xtayev va Rasulxon Qodirxonov kabi mahoratli aktyorlar ijro etishgan.


Ssenariy muallifi Bobur Hamroyev, postanovkachi rejissyor Samidxon Lutfullayev, postanovkachi operator Aziz Arziqulov
17-avgustdan boshlab ushbu filmni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida tomosha qilishingiz mumkin.








